Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda

Foto: «President.uz»

Pastdarg‘om tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari salohiyati cheksiz bo‘lgan bu viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini qayd etdi. 2017-yilda yalpi hududiy mahsulot atigi 2,5 foizga o‘sgan. Bu respublika ko‘rsatkichidan 2 barobar kamdir. Viloyatdagi iqtisodiy ahvol ijtimoiy holatga salbiy ta’sir qilgan.

Bugun Samarqandda qariyb 107 ming odam ishsiz ekani, bu masalani hal etish uchun mavjud rezervlar va imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hisobiga 120 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilgani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring