Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Texnika universiteti talabasi loyihasi uchun 1 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Texnika universiteti talabasi loyihasi uchun 1 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashib, ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida suhbatlashdi.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti 1-bosqich magistranti Behzod To‘xtamurodov ham so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni o‘zi va uch nafar do‘stidan iborat jamoa tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari, xususan «UzDelta» 3D printer yaratish borasidagi loyihasi bilan tanishtirdi.

Prezident talabaning taqdimoti bilan tanishgach, «Asaka bank» boshqaruv raisi Nodirbek Saydullayevga talabaga o‘z loyihasini yakuniga yetkazish uchun zarur bo‘lgan 1 mlrd so‘m mablag‘ni ajratish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring