Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga yetib bordi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga bordi.

Davlat rahbarini «Endryus» aeroportida AQSh hukumati a’zolari kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-may kuni Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi.

17-may kuni esa AQSh Davlat kotibi, mudofaa vaziri, kongressmenlar va senatorlar, Jahon banki prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Rasmiy tashrif natijalari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, 40 dan ortiq hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter