Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Xotira va qadrlash kuni bilan qutladi (video)

Bugun Toshkentdagi Botanika bog‘ida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi. 

Bayram tadbiri «O‘zbekiston 24» telekanali hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Facebook»dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring