Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda 25- aprel kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Belarus Prezidentining O‘zbekistonga o‘tgan yilgi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqqani va amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil ko‘rib chiqildi. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi jadal ortayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Belarusning «Amkodor», «MAZ», «MTZ» va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda sanoatning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi almashinuvlar ancha faollashdi. Fan, texnologiyalar va ta’lim sohasida samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda o‘zaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.

Davlat rahbarlari sheriklikning yangi yo‘nalishlarini samarali rivojlantirish maqsadida turli darajadagi muloqotni faol davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring