Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va boshqalar mukofotlandi

Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va boshqalar mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullayeva Nasiba Melikovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Ahmedov Yoqub - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Jo‘rayev Sherali - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari

Otajonov Ortiq - O‘zbekiston xalq artisti

Sagdiyev Yodgar Xabibovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Usmonova Yulduz Ibragimovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring