Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov: «Jamiyatda o‘qituvchilarning mavqeini oshirmaguncha biror o‘zgarish qilish qiyin»

Sherzod Shermatov: «Jamiyatda o‘qituvchilarning mavqeini oshirmaguncha biror o‘zgarish qilish qiyin»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Xalq ta’limi vazirligida yangi vazir Sherzod Shermatov ishtirokida press-brifing o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Tadbirda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, Sherzod Shermatov o‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarish masalasiga alohida to‘xtalgan.

«Agar biror bir joyda kimning o‘qituvchining hurmatini joyiga qo‘ymasa, uni majburiy mehnatga jalb etsa, bunga qarshi keskin munosabatda bo‘lishimiz kerak.

Jamiyatda shu paytga qadar o‘qituvchining salbiy imiji shakllanishiga olib kelingan. Agar birgalikda o‘qituvchining ijobiy imijini shakllantirsak, yoshlarimiz darslarni yaxshiroq o‘zlashtirishiga, o‘qituvchisiga quloq solishiga turtki bo‘lardi.

Yana bir masala. Keyingi paytda ota-onalarning ham o‘qituvchilarga munosabatlari o‘zgarib ketdi. Hammamiz bilamiz, yoshligimizda biron marta ota-onalar borib o‘qituvchiga do‘q-po‘pisa qilganini eslay olmaymiz. Lekin hozir aksincha. Ilgari ota-onalar izohni ikki baho olgan bolasidan so‘ragan bo‘lsa, bugun o‘qituvchining oldiga kelib salbiy munosabatini bildiryapti.

Jamiyatda o‘qituvchining rolini, statusini oshirmagunimizgacha katta o‘zgarish bo‘lishi qiyin», — dedi Xalq ta’limi vaziri.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring