Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «Xorijdan yaxshi niyatda qaytayotgan mutaxassislar yordamida haqiqiy fundamental o‘zgarishlarni amalga oshira olamiz»

Sherzod Shermatov: «Xorijdan yaxshi niyatda qaytayotgan mutaxassislar yordamida haqiqiy fundamental o‘zgarishlarni amalga oshira olamiz»

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida rahbar kadrlar orasida «Umidchi»lar soni yana bittaga ortgani, ya’ni Ulug‘bek Qosimxo‘jayevning O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.

«Prezidentimiz o‘tgan yili sentyabr oyida AQShga tashrifi davomida chet eldagi vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytishga chaqirgan edi. Natijada, mana yana bir hamyurtimiz Ulug‘bek Qosimxo‘jayev o‘z yurtiga qaytdi va katta mas’uliyatli lavozimga tayinlandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz kelajagi uchun turizm sohasi juda muhimligini inobatga olsak, unga yuklatilgan vazifalar va kutilayotgan umid anchagina katta», dedi u.

«Ushbu tashrif doirasida biz ham AQShning Kremniy vodiysiga borgan edik va Ulug‘bek Qosimxo‘jayev uchrashuvlarni samarali tashkil etishga katta yordam bergan edi. Oddiy inson ko‘zi bilan qaralsa, AQShda moddiy tomondan deyarli barcha masalalari yechilgan, yaxshi sharoitda yashab turgan malakali mutaxassis shu imkoniyat va sharoitlarini tashlab, yurtimizning rivojiga o‘z hissasini qo‘shaman deb O‘zbekistonga kelishi, albatta, yaxshi natija deb o‘ylayman. Bu ham Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda haqiqiy islohotlarni amalga oshirilishi jarayoniga xorijdagi yuqori malakali hamyurtlarimizning o‘ziga xos ishonchi hamda ushbu jarayonda o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqidan dalolatdir», qayd etdi Sherzod Shermatov.

«Avvalroq, Otabek Nazirov qaytib kelgan edi va hozir Xalq ta’limi vazirligida moliyalashtirish masalalarini tubdan isloh qilish ustida ishlayapti. Aynan shu hamyurtlarimiz kabi sidqidildan o‘z yurtida islohotlarni amalga oshirish niyatida qaytayotgan mutaxassislar yordamida biz mamlakatimizda haqiqiy fundamental o‘zgarishlarni amalga oshira olamiz», deya umid bildirdi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring