Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT sammiti munosabati bilan Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi – (aylanma yo‘llar ro‘yxati)

ShHT sammiti munosabati bilan Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi – (aylanma yo‘llar ro‘yxati)

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 14-17-sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun yopilib, aylanma harakat tashkil etiladi.

IIV JXD matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda haydovchilarga mazkur aylanma yo‘llar xaritasi tushirilgan QR-kodli qo‘llanmalar ishlab chiqilib tarqatilmoqda. Qo‘llanmalardan ruxsat etilgan aylanma yo‘llarda harakatlanish uchun mobil ilovalar yordamida foydalanish mumkin.

Mazkur kunlarda:

  • M37 Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 0-kilometridan 11-kilometrigacha;
  • M37a Samarqand xalqa yo‘li avtomobil yo‘ltining 33-kilometridan 46-kilometrigacha;
  • M39 Olmaota – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining 1081-kilometridan 1085 kilometrigacha;
  • 4K493av Eshimoqsoq mahallasiga kirish avtomobil yo‘lining 0-kilomteridan 5-kilometrigacha;
  • 4K505 Oqdaryo ko‘prigi Qo‘lbosti avtomobil yo‘lining 0-kilomteridan 5-kilometrigacha oraliq qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik taqiqlanadi.

Shu munosabat bilan yuk tashuvchi transport vositalari va viloyatlararo qatnovchi avtobuslar Samarqand shahrini aylanib o‘tishi uchun quyidagi yo‘llar orqali vaqtinchalik harakatlanishi tashkillashtiriladi:

  • Navoiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha M37 Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 60-kilometridagi tutashmadan Ishtixon, Payariq, Jomboy tumanlari hududidan o‘tuvchi 4R58g va4R48 avtomobil yo‘llari orqali;
  • Kitob-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelgan yuk tashuvchi transport vositalari M39 Olmaota – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining 1095-kilometridagi chorrahadan Samarqand, Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlari hududidan o‘tuvchi M37a, M37, 4K493v, 4R48 avtomobil yo‘llari orqali;
  • Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha A378 Samarqand – G‘uzor avtomobil yo‘lining 6-kilomteridagi aylanma harakatli chorrahadan Samarqand, Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlari hududidan o‘tuvchi M37a, M37, 4K493v, 4R48 avtomobil yo‘llari orqali.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring