Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoira Nazira O‘roqova vafot etdi

Shoira Nazira O‘roqova vafot etdi

Qashqadaryolik shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nazira O‘roqova vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar bergan. 

Nazira O‘roqova 1969-yilning 3-iyunida Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1991-yilda Qarshi davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Uning «Muattar dunyo» (2002), «Olisdagi xayol» (2014) she’riy kitoblari nashr etilgan.

Uzoq yillar Qarshi shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori bo‘lib ishlagan.

Xabar.uz marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring