Siz nimadan qo‘rqasiz?
Siz nimadan qo‘rqasiz? Xavf-xatar deganda xayolingizga birinchi navbatda nimalar keladi? Ehtimol bu qandaydir favqulodda holatdir?
Syurix universiteti psixologlari bugungi kunda odamlar qanday xavf-xatarlarga duch kelayotganini aniqlashga qaror qilishdi. Buning uchun 4 mingdan ortiq kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Ishtirokchilardan tanlov qilishlari shart bo‘lgan muhim xavfli vaziyatni eslash va tasvirlash so‘raldi.
Albatta, Shveysariya — dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri, so‘rovnoma natijalari ham aksariyat mintaqalardagidan farq qilishi mumkin, shunga qaramasdan, qaysidir ma’noda zamondoshlarimizning fobiyalari haqida tasavvur beradi.
Demak, so‘rovda qatnashganlar uchun «birinchi raqamli» xatar «Yangi ishga o‘tish» bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda: «Avvaldan rejalashtirmasdan turib eski ishdan ketish», «Pullarni sarflash», «Mashina haydash», «O‘zini o‘zi band qilish/o‘z biznesini ochish» kabilar.
Fobiyalar ro‘yxatining davomida uy sotib olish, jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazish, turmush qurish, farzandli bo‘lish, emlanish, chet elga ko‘chib ketish, sayohat qilish kabi variantlarni ko‘rish mumkin.
Qizig‘i, parashyutda sakrashdek ekstremal sport turi xatarlar ro‘yxatining juda oxirida, hatto «haqiqatni so‘zlash» va «yangi texnologiyalardan foydalanish»dan ham pastda joylashgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter