Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sloveniya koronavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Sloveniya koronavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Foto: «Ukrinform»

Sloveniya hukumati mamlakat hududida koronavirus epidemiyasi tugaganini rasman e’lon qildi.

Ushbu qaror vazirlar mahkamasining masofadan o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilingan. Jamoat sog‘lig‘ini saqlash milliy instituti ma’lumotga ko‘ra, barcha ko‘rsatkichlar aholi orasida virus tarqashi pasayayotganidan dalolat beradi.

Endi qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralar hamda aeroportlarni ochish imkoniyati tug‘ildi. Ammo bu ish tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, qo‘shni mamlakatlar xavfsizlik xizmatlari bilan bamaslahat amalga oshiriladi. Shuning barobarida Yevropa ittifoqi va Sloveniyada doimiy yoki vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lmaganlar 14 kunlik karantinga olinadi.

Ma’lumot uchun: Sloveniyada koronavirus ilk marotaba 2020-yilning 4-mart kuni qayd etilgandi. Shu paytgacha jami 1 464 ta holat aniqlanib, 103 tasi o‘lim bilan tugagan. Virusni yuqtirganlarning 1 094 nafari (75 foiz) sog‘ayib ketgan. Oxirgi 14 kun davomida virusni yuqtirish bo‘yicha 35 ta holat qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring