Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Somalida samolyot yo‘lovchilari bir o‘limdan qoldi (video)

Somalida samolyot yo‘lovchilari bir o‘limdan qoldi (video)

Foto: Bureau of Aircraft Accidents Archives

Somalida 10-fevral kuni 55 kishini olib havoga ko‘tarilgan samolyot oradan ko‘p vaqt o‘tmay Hind okeani sohiliga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Poytaxt Mogadishodan Galkayoga parvoz qilishi kerak bo‘lgan ushbu Fokker 50 havo kemasi «StarSky» aviakompaniyasiga tegishli.

Samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng uchuvchi texnik nosozlikni sezib, uchoqni ortga qaytargan. Biroq qo‘nish paytida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan okean sohiliga chiqib ketgan ketgan. «Qattiq qo‘nish» oqibatida laynerning qanoti uzilgan.

Somali fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Ahmad Moalim Hasan aytishicha, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Qutqaruvchilar yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini evakuatsiya qilishgan, jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring