Eron hukumati samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi
Eron hukumatiga qarashli samolyot Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi — uning bortida mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti.
Pentagon Eron rasmiylariga «tanlama zarbalar» berishi haqida xabarlar avjiga chiqqan pallada bu yuz berayotgani diqqatni tortadi. Prezident Donald Tramp tez orada bayonot berishi aytilmoqda.
Monitoring kanallaridan olingan xabarlarga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish amaliyotida qatnashgan AQSh samolyotlari Yaqin Sharq tomon uchmoqda.

Shuningdek, Yaqin Sharqqa AQShning harbiy-dengiz kuchlari kemalari ham yetib kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter