Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi

Surxondaryoda 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi

Illyustrativ surat

Foto: «Fotodtp.net»

2018-yilning 20-fevral kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan avtohalokat natijasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Voqea 20-fevral kuni soat ertalabki yettilarda ro‘y bergan. Xabarda qayd etilishicha, 1988-yilda tug‘ilgan T.Shamatov o‘zining «Lasetti» rusumli avtomashinasini O‘rikli mahallasi hududidan o‘tuvchi «Bishkek—Dushanbe—Termiz» M-41 yo‘lining 1553-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan hamda yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan. 

Hodisa natijasida avtomashina haydovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar Z.Mardonova, D.Jo‘rayev, M.Abduxayirova hamda T.Eshmirzayevalar voqea joyida halok bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring