Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taksichi uxlab qolgan yo‘lovchini mamlakatning bir chekkasiga olib borib, yaxshigina yo‘lkira talab qilgan

Taksichi uxlab qolgan yo‘lovchini mamlakatning bir chekkasiga olib borib, yaxshigina yo‘lkira talab qilgan

Foto: «@Plastician»

Plastician taxallusi bilan tanilgan britaniyalik dijey Kris Rid o‘zining Twitter-akkauntida «Uber» haydovchisi manzilni adashtirib, uni Buyuk Britaniyaning boshqa bir chekkasiga bilmasdan olib borganini ma’lum qildi. Uning xabari virus kabi tarqalib, minglab retvit va yuzlab izohlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda «Lenta» xabar bergan.

— O‘ziyam bir haftadan beri «Uber» vakillari bilan tortishib kelyapman. Nima uchun bunday bo‘lganini tushunmayman: ko‘zim ilinib, Londonning Fulxem rayonidan Kroydon shahriga ketyapman deb o‘ylaganimda, haydovchi meni Buyuk Britaniyaning boshqa bir chetiga olib boribdi, — deb yozadi Rid payshanba kuni. — Men Midlendsda uyg‘ondim! Ungacha taksichi menga hech nima demagan. Biz ikki baravar qimmat tarif bilan besh yarim soat yo‘l bosganmiz.

Natijada dijeyga 1453 funt sterling to‘lov chiqqan. Yo‘lovchi «Uber» koll-sentriga qo‘ng‘iroq qilganida, u yerdagilar buyurtmadagi manzil to‘g‘ri qabul qilinganini tasdiqlashgan.

— Endi ular hammasini inkor etishyapti, — deydi Rid. — Lekin ularda meni olib borish kerak bo‘lgan manzilni kiritganim haqida dalil yo‘q. Men umrim bino bo‘lib u yerda bo‘lmaganman.

— «Uber» taksichilariga va mast holda rulga o‘tirma, — deya ogohlantiradi britaniyalik. — Bunday holat hammada kuzatilishi mumkin. Hatto bema’ni safar uchun haq to‘lashimga to‘g‘ri kelsa-da, umid qilamanki, bu atrofdagilarga saboq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring