“Tata Steel Chess 2026” qahramonlari Toshkentda tantanali kutib olindi
Joriy yilning 16 yanvaridan 1 fevraliga qadar Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston shaxmatchilari tarixiy natijani qayd etib, mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qilishdi.
Dunyoning kuchli shaxmatchilari orasida Nodirbek Abdusattorov turnir chempioni bo‘lgan bo‘lsa, Javohir Sindarov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun tongda musobaqa g‘olib va sovrindori Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda shaxmatchilarning ota-onalari, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yurtimiz shaxmatchilarining ushbu nufuzli turnirdagi muvaffaqiyati O‘zbekiston shaxmat maktabining xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor tasdiqladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter