Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tata Steel Chess–2026: o‘zbek shaxmatchilari musobaqada yetakchilik qilmoqda

Tata Steel Chess–2026: o‘zbek shaxmatchilari musobaqada yetakchilik qilmoqda

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSh dollaridan oshadigan nufuzli Tata Steel Chess turniri davom etmoqda.

Musobaqaning Masters guruhida kecha 6-tur bahslari o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi, 21 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Domaradjuga qarshi oq donalarda bahs olib bordi. Ispancha partiyaning 35-yurishigacha o‘yin mutlaqo teng kechdi. Biroq 36-yurishda Gukesh tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato raqibga qimmatga tushdi — Abdusattorov vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, raqibini taslim bo‘lishga majbur qildi.

6-tur yakunlariga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan musobaqada yakka peshqadam bo‘lib oldi. Javohir Sindorov esa 4,0 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

7-turda Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymer, Javohir Sindorov esa AQSh vakili Xans Nimannga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, musobaqa jami 13 turdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov 2025 yilgi Tata Steel Chess turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring