Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU olimlari «Scopus Award-2018» mukofotini qo‘lga kiritishdi

TATU olimlari «Scopus Award-2018» mukofotini qo‘lga kiritishdi

Bugun, 23-noyabr kuni «Scopus Award-2018» marosimida yil davomida ilmiy-tadqiqot faoliyat bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik olimlar taqdirlangani haqida xabar bergandik.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, e’lon qilingan natijalarga ko‘ra TATUning «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi mudiri, dotsent Barno G‘aniyeva hamda ushbu kafedraning professori Marat Rahmatullayev Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘yicha eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar sifatida tan olindilar.

«Scopus Award» — «Scopus» tizimi ma’lumotlariga tayangan holda topshiriladigan jahonning faxrli ilmiy mukofoti hisoblanadi. «Scopus» tizimi o‘z ichiga 1788 yildan buyon chop etilib kelinayotgan 70 milliondan ortiq ilmiy nashrlarga oid analitik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring