Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentga Taxtako‘pirda yetishtirilgan go‘sht mahsulotlari yetkazib beriladi

Toshkentga Taxtako‘pirda yetishtirilgan go‘sht mahsulotlari yetkazib beriladi

Foto: «Chorvador.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot va Qonliko‘l tumanlarida chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni keskin oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Taxtako‘pir va Qonliko‘l tumanlarida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish shuningdek, Taxtako‘pir tumanida chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida 2018-yilda 800 gektar paxta maydonlarini qisqartirilib, o‘rniga qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun ozuqa ekinlarini joylashtiriladi, kelgusi yillarda bosqichma — bosqich paxta maydonlarini qisqartirib boriladi.

Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlarini 2018-yildan boshlab to‘liq chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarga aylantirish choralarini ko‘riladi.

Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot va Qonliko‘l tumanlarida amalga oshiriladigan mazkur loyihalarda mahalliy tadbirkorlar bilan bir qatorda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan ham tadbirkorlar ishtirok etishadi.

Shuningdek, qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Taxtako‘pir tumanidagi yaylovlarda 2018-2019-yillarda 10 ming bosh mayda shoxli mollarni parvarishlashga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari tashkil etish choralarini ko‘rish, Toshkent shahar hokimligiga Taxtako‘pir tumanida yetishtirilgan go‘sht mahsulotlarini xarid qilib olish, saqlash va tizimli ravishda Toshkent shahri aholisiga yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy qushxona va muzlatgichga ega bo‘lgan tashkilot tashkil etish bo‘yicha tegishli taklif kiritish vazifasi yuklanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring