Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taylandda dahshatli avtobus halokati oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Taylandda dahshatli avtobus halokati oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Foto: «Bangkokpost.com»

Tayland shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima viloyatida ikki qavatli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi esa jarohatlangan. Bu haqida «Bangkok Post» nashri ma’lumotiga asoslanib, «Trend» xabar bermoqda.

Foto: «Bangkokpost.com»
Foto: «Bangkokpost.com»
Foto: «Bangkokpost.com»

Hodisa chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. 50 kishilik avtobus Chantxaburi viloyatidan Sakonnaxon shahriga ketayotgan bo‘lgan. Politsiyaning xabar berishicha, to‘qnashuvdan keyin avtobus yo‘ldan chiqib, ag‘darilgan, yuk mashinasi esa daraxtga urilgan. Halokatning aniq sababi hali ma’lum emas.

15 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga jo‘natilgan. Avtobus haydovchisi tirik qolgani va uni tez orada politsiya so‘roq qilishi kutilayotgani  ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring