Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tayyor pulni yeb ketish bilan ish bitmaydi

Tayyor pulni yeb ketish bilan ish bitmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani  bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Tadbirda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston PFL direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev bolalar futbolidagi muammolar, shuningdek, «Lokomotiv» klubiga maslahatchi sifatida ishga olingan Samvel Babayan haqidagi savolga ham javob berdi.

So‘ng esa, u hakamlar masalasi va klublarning boqimandaligiga to‘xtaldi.

— Hakamlar faoliyatiga shubha bilan qarash ko‘pchilikda bor. Shaxsan o‘zim ham Ma’mur Saidqosimovga (hakamlar qo‘mitasi rahbari) aytganman, men hech bir hakamga ishonmayman, — dedi Diyor Imomxo‘jayev. — Superliga bahslari televideniye orqali translyasiya qilinishi natijasida hakamlik bilan bog‘liq muammolar ancha kamaydi. Ammo Pro-ligada bunday o‘yinlar ancha uchradi. Futbol rivojlanishida televideniyening o‘rni katta. Televideniye va futbol parallel rivojlanishi lozim.

Klubni boshqarish uchun futbolni tushunish shart emas. Klub rahbari menejment va boshqaruvni uddalasa bo‘lgani. Ammo hozir klublarga 30 million bersa, 29 millionini maosh qilib tarqatib yuboradi.

Klublar faqat pul sarflashni biladi, xolos. Biror mehmonxonaning butun boshli qavatini «sotib oladi», tamom vassalom. Sotsializmdan kapitalizmga o‘tish vaqti keldi. Litsenziyalashning talabi mana shundan iborat. Tayyor pulni yeb ketish bilan ish bitmaydi. O‘sha homiy ajratgan puldan o‘ziga baza qursin.

«Paxtakor» Odil Hamrobekovni 2,5 milliard so‘mga sotib oldi. Shunaqa futbolchidan yana ikki-uch nafarini tarbiyalasa, budjet ham shakllanadi. Jamoa o‘z pulini topishni o‘rganishi shart.

Hozir klublarni boshqarish juda oson. Hamma ham uddalay oladi. Tayyor pulni ishlatish kimga yoqmaydi.

Klub o‘zi pul ishlashi lozim. Shu sababli ham moliyaviy feyr-pleyni joriy etmoqchimiz. O‘zlari ishlagan pulni istagancha sarflasin, hech kim indamaydi. Ammo davlat korxonalari beradigan homiylik pulini maqsadli sarflashni o‘rganib olishsin, dedi PFL mutaxassisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring