Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishonmang! O‘zbekistonda ommaviy spam tarqatilmoqda

Ishonmang! O‘zbekistonda ommaviy spam tarqatilmoqda

Foto: «Podrobno.uz»

O‘zbekistonning yetakchi mobil aloqa kompaniyalari — Beeline, UMS va Uzmobile nomidan ommaviy spam tarqatilmoqda.

Operatorlar ijtimoiy tarmoqlar, messenjer va SMS orqali noma’lum shaxslar tomonidan kompaniyalar nomidan yolg‘on xabarlar tarqatilayotganligidan ogohlantirishmoqda.

Tarqalayotgan mazkur spam-xabarlarda aytilishicha, go‘yoki mobil kompaniyalarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan internet trafik va qo‘shimcha daqiqalarni bonus sifatida taqdim etadi.

Xususan, bonuslarni qo‘lga kiritish uchun abonentlar SMS yoki xabarni o‘zining 20 ta do‘stiga qayta jo‘natishi lozim. Barcha xabarlar mazmuni deyarli bir xil — faqat kompaniyalar nomi o‘zgargan.

Mobil kompaniyalar firibgarlarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilayotganligini ta’kidlab, o‘z abonentlarini mazkur yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring