Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dagi kamchiliklar: ularning asosiy beshtasi haqida

«Telegram»dagi kamchiliklar: ularning asosiy beshtasi haqida

Foto: «Telegramzy»

Muqobil messenjerlar yetarlicha, lekin ular orasida «Telegram» alohida o‘rin tutadi. Shunga qaramay, uning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. «Terabayt» nashri «Telegram»ning raqobatchilardan ortda qolayotgan jihatlarini sanadi.

Foydalanuvchilar bazasi oz

So‘nggi ikki yilda «Telegram» jadal ommaviylashib bormoqda. «VKontakte» yaratuvchilarining ushbu loyihasi haqida asosan texnologiyalar dunyosida yuz berayotgan yangiliklarni kuzatib borayotgan va ushbu servisning yutuqlaridan faol foydalanayotgan ilg‘or «yuzerlar» bilishadi. Qolgan aksariyat foydalanuvchilar esa telegram-kanallari haqida yoki eshitgani yo‘q (dunyo bo‘ylab), yoki qarindoshlari va yaqinlari ortidan ko‘proq «Skype», «Viber» va «WhatsApp» kabi yanada omalashgan messenjerlardan foydalanishadi. Ro‘yxati yarim bo‘sh bo‘lgan aloqa bilan «Telegram»da o‘tirish – ularga yoqimli emas.

Audio va videokonferensiya yo‘q

Pavel Durov loyihasining ustun tomonlari ham yetarli. Lekin «Telegram» guruhli audio yoki videokonferensiya xizmatini ko‘rsata olmaydi. Bu yo‘nalishda hamon «Skype» peshqadamlik qilmoqda. «Microsoft»ning aynan ushbu mahsulotiga korporativ muhitda ehtiyoj seziladi.  «Google»ning «Facebook Messenger» va «Hangouts»i ham shunday formatda muloqot qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, hatto «WhatsApp»da ham tez kunlarda shunday xizmatlar paydo bo‘ladi.

Videoaloqa yo‘lga qo‘yilmagan

«Telegram»da guruhli qo‘ng‘iroqlarning yo‘qligi uning oddiy foydalanuvchilari orasida ommalashmaganiga sabab bo‘lyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, siz qisqa rolik yozishingiz mumkin, lekin tarmoqning boshqa raqobatchilari, jumladan «Skype», «WhatsApp», «Viber» va «Google Duo»da ham video orqali bemalol muloqot qilish imkoni bor. Bu uzoqdagi yaqinlaringiz bilan aloqani ushlab turishda juda zarur bo‘lgan kommunikatsiya usuli hisoblanadi. Ammo, «telegram»da bu nima uchundir yo‘q.

Ishlash jarayonini tashkillashtiradigan uskuna yo‘q

Ko‘plab kompaniyalar, ayniqsa, unchalik katta bo‘lmaganlari korxonalar uchun «Telegram» – juda qulay ishlash uskunasidir. Krossplatformali xizmat axborotlarni tez va qulay almashish imkonini beradi. Ma’lumotlar jo‘natish, boshqa kanal yangiliklarini ulashish  va yana boshqa ko‘p imkoniyatlari bor. Lekin Durov kashfiyotining munosib muqobili ham bor: masalan, «Slack» messenjeri. Ushbu biznes-ilova korporativ foydalanuvchilarga mo‘ljallangan va nafaqat videoqo‘ng‘irog‘i bilan maqtanishi mumkin, balki qariyb yuzlab chet xizmatlar bilan integratsiyalasha oladi, bular qatoriga «Dropbox», «Google Disk», «GitHub», «Google» hujjatlarini, «Twitter»ni misol qilib keltirish mumkin. «Slack» imkoniyatlar juda foydali – bir vaqtning o‘zida xamma xabarlar bo‘yicha ikki tomoni ham ochiq qidiruv.

Yuqori himoya – faqat yashirin chatlarda

«Telegram» aloqaning himoyalangan vasitasi hisoblanadi. Uni ishlab chiqaruvchilar har doim hamma narsaning boshida xususiylik turibdi, deb ta’kidlaydilar.

Kodlash haqiqatan ham yomon ishlab chiqilmagan. Ayniqsa, yashirin chatlarda. Biroq, bundan-da yashirinroq messenjerlar ham bor. Buga misol sifatida «Signal Messenger»ni keltirish mumkin, uning xavfsizligiga Edvard Snaudenning o‘zi ham qoyil qolgan. Bu muloqotning juda oddiy va mahalliy vositasidir: matnni, ovozni, suratni, video va fayllarni  jo‘natishingiz mumkin. Uni ishlab chiqaruvchilar ishonch bilan aytadilarki – hech kim, xususan ularning o‘zlari uchun ham shaxsiy ma’lumotlarga kirishi imkonsiz. Ammo Pavel Durovning ta’kidlashicha, «Signal»dan Amerika hukumati kuzatuv olib borish uchun foydalanilar emish. Bu qanchalik asosli — bir narsa deyish qiyin.

Xullas, «Telegram» analoglari nafaqat mavjud, balki ba’zi jihatlarda undan ustunlik ham qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring