Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Telegram»ni Rossiyada bloklash bo‘yicha sudga ariza berildi

«Telegram»ni Rossiyada bloklash bo‘yicha sudga ariza berildi

Foto: «Izvestiya»

«Roskomnadzor» idorasi «Telegram» tomonidan shifrlash kalitlari berilmagani uchun messenjer axborot resurslariga kirishni cheklash bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, deb xabar berdi «Izvestiya».

«Roskomnadzor tomonidan 6-aprel, juma kuni «Telegram» axborot resurslariga kirishni Rossiya hududida cheklash talabi bilan Tagansk tuman sudiga da’vo arizasi taqdim etildi», deyiladi idora xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Roskomnadzor» 2017-yilning aprelida Sankt-Peterburgda sodir bo‘lgan terrorchilik huruji ishtirokchilari yozishmalarini o‘rganish uchun «Telegram» ma’muriyatidan shifrlash kalitlarini berishni so‘ragan edi.

Shu yilning 20-mart sanasida so‘ralgan axborotlarni taqdim qilishga «Telegram»ga 15 kun muhlat berildi, keyinroq Federal xavfsizlik xizmati bu muddatni 10 kunga qisqartirdi.  

2-aprelga qadar bu so‘rovga «Telegram»dan hech qanday javob bo‘lmagan. Messenjer ma’muriyati so‘ralgan ma’lumotlarni berish texnik tomondan imkonisiz ekanini ta’kidlab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring