Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi

«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

AQShda o‘tgan «TechCruch» konferensiyasida blokcheynda ishlovchi, shifrlangan Stealthy IM» messenjeri taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotga ko‘ra, «Stealthy IM» himoyalangan messenjer sifatida tanishtirildi. Ya’ni foydalanuvchilar axborotni yo‘qotishdan qo‘rqishmasa ham bo‘ladi. U oddiy foydalanuvchilar uchun bepul, korporativ mijozlar esa boshlanishiga ozroq to‘lov qilishlari kerak bo‘ladi. «iOS» va «Android» uchun versiyalari ishlab chiqilgan.

Ammo internet foydalanuvchilari e’tiborini boshqa jihat tortdi: yangi messenjerning logotipi «Telegram»nikiga mohiyatan juda — oq qog‘oz samolyotchaning tumshug‘i o‘ng yuqori tomonga qaratilgan...

«Telegram» asoschisi Pavel Durov bu shubhali mutanosiblikka hozircha churq etgani yo‘q. Hoynahoy u «gram» savdo belgisi bilan bog‘liq sud mashmashalari bilan andarmon bo‘lsa kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring