Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temiryo‘l vokzallarida qaysi xizmatlar bepul hisoblanadi?

Temiryo‘l vokzallarida qaysi xizmatlar bepul hisoblanadi?

Foto:«Xabar.uz»

Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning temiryo‘l vokzallaridagi bepul xizmatlar turlari haqida ma’lumot berdi. 

«Temiryo‘l vokzallarida va chipta kassalarida ko‘rsatilayotgan pullik hamda bepul xizmatlarni ajratish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bilan birgalikda yo‘lovchilarga temir yo‘l vokzallarida hamda yo‘nalish davrida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar Ro‘yxatini tasdiqladi.

Ro‘yxatga ko‘ra:

-yuk tashish aravachasini taqdim etish,

-kutish zalidagi WiFi internet (2 soatgacha),

-nogironlar uchun arava,

-telefon hamda noutbuklarni quvvatlantirish,

-shuningdek tibbiyot markazi hamda biblioteka xizmatlari,

-yo‘nalish davrida choy, suv, shakar hamda kofe taqdim etish bepul bo‘lishi lozim.

Reklama, yuklarni o‘rash hamda saqlash, «VIP» zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida ko‘rsatilishi mumkin» deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalariga muvofiq vokzallarda va chipta kassalarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qo‘shimcha yig‘imlarni undirish, monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring