Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi bola uchun nafaqaga ariza topshirish va penciya to‘g‘risida ma’lumotlarni olish onlayn bo‘ladi

Endi bola uchun nafaqaga ariza topshirish va penciya to‘g‘risida ma’lumotlarni olish onlayn bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari ko‘rsatish Milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamkorlikda, elektron hukumat tizimi doirasida «Nafaqa» dasturiy mahsulotining funksional imkoniyatlarini, idoralararo integratsiya platformasi bilan bog‘lash orqali kengaytirish yuzasidan ishlar olib bormoqda.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan elektron ko‘rinishdagi o‘zaro aloqani tashkillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nafaqa bilan ta’minlanish sohasidagi yangi (100% avtomatlashtirilgan) tranzaksion xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) - my.gov.uz orqali foydalanish imkonini beradi.

Yo‘lga qo‘yilayotgan xizmatlar:

  • Bola tug‘ilganda yoki dafn etish marosimi uchun nafaqalar belgilanishi uchun elektron ariza berish. Bunda arizachiga belgilangan nafaqani olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan Xalq banki bo‘limini tanlash imkoniyati beriladi. Xizmat natijasi: nafaqa tayinlanganligini tasdiqlovchi, nafaqa tayinlangan sana va uning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Pensiya (nafaqa) to‘g‘risida ma’lumot olish. Xizmat natijasi: pensiya miqdori, tayinlangan sanasi, to‘lov davri, ish staji, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya turi (nafaqa), qayd qilingan va qayd qilinmagan ish davri, tanlangan muddat uchun to‘lov miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring