Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test imtihonlari bu yil ham ochiq havoda bo‘ladimi?

Test imtihonlari bu yil ham ochiq havoda bo‘ladimi?

Foto: Xabar.uz

Davlat test markazi axborot xizmatining Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, bu epidemiologik vaziyatga bog‘liq, hozircha aniq emas.

DTMning ma’lum qilishicha, test sinovlarini o‘tkazish uchun binolar ro‘yxati 2 xil variantda shakllantirilgan. Agar pandemiya vaziyati bo‘lmasa, katta sig‘imdagi an’anaviy 99 ta binoda imtihon o‘tadi. Agar pandemiya bo‘lsa, 53 ta stadion va xiyobonda test bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi sababli OTMga kirish imtihonlari ochiq maydonlarda, stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring