Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test sinovlarini oshkora o‘tkazishni ta’minlash uchun tanlov e’lon qilindi

Test sinovlarini oshkora o‘tkazishni ta’minlash uchun tanlov e’lon qilindi

Foto: «mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1-15-avgust kunlari test sinovlari oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsni identifikatsiyalash vositalari, metallodetektor, monitor va yig‘ma pavilonlar yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni saralash ishlari amalga oshirilishini e’lon qildi.

Qurilmalarni xarid qilish quyidagi lotlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Videokuzatuv qurilmalarini yetkazib berish va o‘rnatish – LOT 1;
  • Metallodetektorlarni yetkazib berish – LOT 2;
  • Yig‘ma pavilonlarni yetkazib berish va o‘rnatish – LOT 3;
  • Monitorlarni yetkazib berish – LOT4.

LOT 1, LOT 2, LOT 4 bo‘yicha qurilmalarni xarid qilish milliy valyutada, LOT 3 bo‘yicha milliy hamda xorijiy valyutada amalga oshiriladi.

Qurilmalarni xarid qilish ishlari texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Eng yaxshi takliflar taqdim etgan korxonalar bilan shartnoma tuziladi.

Takliflarni saralab olishda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxonalardan takliflarni joriy yilning 30-may, soat 15-00 ga qadar Toshkent shahar, 100047, Amir Temur ko‘chasi 4-uy manziliga yuborilishi so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring