Tim Kuk Apple bosh direktori lavozimini tark etadi
Jon Ternus (chapda) va Tim Kuk.
Tim Kuk Apple kompaniyasi bosh ijrochi direktori (CEO) lavozimini tark etishi rasman e’lon qilindi.
Uning o‘rnini kompaniyaning apparat ta’minoti bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Ternus egallaydi.
Tim Kuk faoliyatini kompaniya direktorlar kengashi ijrochi raisi lavozimida davom ettiradi.
Bu qaror kompaniyaning uzoq muddatli vorislikni rejalashtirish dasturi doirasida qabul qilingan. O‘zgarishlar 2026-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi.
Tim Kuk Apple kompaniyasini 2011-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning davrida kompaniya kapitalizatsiyasi 4 trillion dollarga yetdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter