Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent - Andijon: Toshloqda poyezdga qarata tosh otishdi

Toshkent - Andijon: Toshloqda poyezdga qarata tosh otishdi

Illyustrativ surat

Foto: «Gorodvo.ru»

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida 1-iyul kuni «Toshkent-Andijon» yo‘lovchi poyezdini «Xo‘jaariq» MFY Xorazm ko‘chasi hududida harakatlanayotgan vaqtida noma’lum shaxs poyezdning 5-vagoni oynasiga tosh otgan va oyna darz ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, hozir poyezd vagoniga zarar yetkazgan shaxs kimligini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring