Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Prezident farmonida belgilanishicha, Yangi Toshkent hududidan universitetning zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratiladi. Qurilish ishlari 2028-yilda yakunlanadi.
Adliya vazirligi buyurtmachi bilan birgalikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYUning zamonaviy kampusini qurish ishlarini tashkil etadi.
Kampusni loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy banklarning imtiyozli mablag‘larini hamda xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etish choralari ko‘riladi.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter