Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent festivallar shahriga aylanadi. Dastlabki tadbir — «Chilla Fest-2018»

Toshkent festivallar shahriga aylanadi. Dastlabki tadbir — «Chilla Fest-2018»

2018-yilning yoz pallasida O‘zbekiston shaharlari madaniyati tarixida yangicha sahifa ochiladi. 29-iyuldan boshlab, Toshkent shahar hokimiyati keng ko‘lamdagi festivallar ketma-ketligini boshlaydi. Tadbirlar orasida birinchi bo‘lib, «Chilla Fest-2018» festivali o‘tkaziladi. Poytaxtimizning beshta eng yirik istirohat bog‘i, ommaviy xalq sayillari markaziga aylanadi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, «Chilla Fest-2018» festivali dasturi turli yoshdagi kishilar e’tiborini qamrab olishga mo‘ljallangan, oilaviy festival dasturidir. Musaffo osmon ostida o‘tkaziladigan ushbu tadbir, beshta istirohat bog‘larida o‘tkaziladi: «Lokomotiv» istirohat bog‘i, Central Park, Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i, «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘i, «Green Park».

Tashkilotchilar amaldagi attraksion va arg‘imchoqlarga qo‘shimcha ravishda axborot-ko‘ngilochar va hunarmandchilik hududlarini tashkil qiladilar hamda qo‘shiq va raqs ansambllarini jalb qiladilar. Festival dasturi turli yosh toifalarini o‘z ichiga qamrab olib, oilaviy va do‘stona muhitda maroqli vaqt o‘tkazishga sharoit yaratib beradi.

«Bizning maqsadimiz, shahar aholisi bir kunini bo‘lsa ham, o‘z yumushlarini unutib, o‘zlariga yaqin va aziz bo‘lgan insonlar, oila a’zolari davrasida o‘tkazishlariga erishishdir. Toshkent shahri kundan-kunga obod, go‘zal, qulay va ochiq shaharga aylanmoqda. Ob-havo muhiti va istirohat bog‘larining rivojlangan infratuzilmasi, bu turdagi tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazishga undaydi. «Chilla Fest-2018» bir vaqtning o‘zida beshta joyda o‘tkazilishi, gavjumlikni oldini olish, aholining bemalol dam olishi va o‘zlariga qulay joyni tanlash imkonini beradi. Umid qilamizki, keyingi yilda O‘zbekistonning boshqa shaharlari ham, bu turdagi tadbirlarni o‘z madaniy dasturlariga kiritadilar»,—deydi Toshkent shahar hokimi v.v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent shahar hokimiyati homiylik va hamkorlik to‘g‘risidagi takliflarga ochiqligini ma’lum qilgan. Quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi tashkilotlar hokimlikka murojaat qilishlari mumkin:

  • «Chilla Fest-2018»da o‘z korxonangiz zonasini joylashtirish;
  • festival doirasida oziq-ovqat savdo shaxobchalarini ochish;
  • tadbir o‘tkazishda o‘z yordamingizni taklif qilish;
  • istirohat bog‘larining yirik sahnalarida chiqishlarni amalga oshirish.
Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring