Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolgan shaxslar qidiruvida ko‘mak so‘radi

Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolgan shaxslar qidiruvida ko‘mak so‘radi

Foto: IIBB

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, Machalov Vladimir Ivanovich, 1947-yilda tug‘ilgan. 2020-yilning oktyabr oyida Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 manzilida joylashgan uyidan chiqib qaytib kelmagan.

Belgilari: Bo‘yi 175-180 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha. Oq sochli, ko‘zlari qora.

Egnida jinsi shim, kepka va qora tufli bo‘lgan.

Malikov Shukurullo Sultonovich, 1972-yilda tug‘ilgan. 2020-yilning noyabr oyida Mirzo Ulug‘bek tumani Mag‘rur ko‘chasida istiqomat qilgan uyidan chiqib qaytib kelmagan.

Belgilari: Bo‘yi 170-173 sm, ozg‘in ko‘rinishda, sochlari qora, o‘ng qo‘lida chandig‘i bor.

Egnida kulrang jemfer, jinsi shim va qora krasovka bo‘lgan.

«Hurmatli fuqarolar agar siz yuqorida keltirilgan insonlar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yaqin atrofdagi IIB yoki 102 ishonch raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring