Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent — Sirdaryo yo‘lida yangi turdagi fotoradarlarga eng ko‘p tushgan haydovchilar ro‘yxati

Toshkent — Sirdaryo yo‘lida yangi turdagi fotoradarlarga eng ko‘p tushgan haydovchilar ro‘yxati

Foto: «Gazeta.uz»

Joriy yil fevral oyi boshidan «Olmaota – Bishkek –Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining Toshkent shahri chegarasidan Sirdaryo viloyati hududigacha yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar uskunalari o‘rnatilib, sinov rejimida ishga tushirilgan edi.

Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan mazkur hududda eng ko‘p qoidani buzib, belgilangan tezlik talabiga muntazam amal qilmay kelgan haydovchilar mashinasi markasini, davlat raqami va jarima miqdori ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi «O‘zA».

Unga ko‘ra:

  1. «Lacetti» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 10 A 9?? RA) egasi 7 marotaba, 6 million 372 ming 880 so‘m miqdorida.
  2. «Lacetti-2» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 10 9?? FBA) egasi 7 marotaba, 3 million 617 ming 40 so‘m jarima miqdorida.
  3. «Cobalt» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 01 F 8?? AB) egasi 8 marotaba, 3 million 444 ming 800 so‘m miqdorida.
  4. «Nexia» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 30 J 4?? EA) egasi 6 marotaba, 3 million 100 ming 320 so‘m miqdorida.
  5. «Nexia» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 20 F 0?? CA) egasi 6 marotaba, 2 million 411 ming 360 so‘m miqdorida.
  6. «Lacetti» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 20 4?? TTA) egasi 7 marotaba, 1 million 894 ming 640 so‘m miqdorida.
  7. «Cobalt» rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 20 8?? JAA) egasi 6 marotaba, 1 million 33 ming 440 so‘m miqdorida.

Ularga nisbatan ko‘rsatilgan miqdorda jarima undirilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring