Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Viloyat  hokimining  qishloq va  suv  xo‘jaligi  masalalari  bo‘yicha  birinchi  o‘rinbosari  tanishtirildi.

Xalq  deputatlari  Oqqo‘rg‘on  tumani  kengashining  navbatdan  tashqari  sessiyasida viloyat  hokimi  vazifasini  bajaruvchi  Zoyir  Mirzayev  viloyat  hokimining  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  masalalari  bo‘yicha  birinchi  o‘rinbosari  ish  boshlaganini  ma’lum  qildi. 

Xolmirza Niyozov 

Bu  lavozimga  shu  vaqtga  qadar  Farg‘ona  viloyatining  Oltiariq  tumani hokimi  vazifasida  ishlab  kelgan  Niyozov Xolmirza  O‘zganovich  tayinlandi.

Farhod Omonov

Shuningdek, sessiyada shu vaqtga qadar Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Alisher  Karimjonov  Oqqo‘rg‘on  tumani  hokimi  lavozimiga  tasdiqlandi.

Alisher  Karimjonov 

A. Karimjonov 1980 yilda Yangiyo‘l  tumanida  tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. 

Mahalliy  hokimlik  tizimlarida,  moliya  va  statistika sohalarida  samarali  mehnat  qilgan.

Mazkur  lavozimga  tayinlangunga  qadar  Quyi  Chirchiq  tumani  hokimining birinchi  o‘rinbosari  vazifasida  faoliyat  yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring