Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida fuqarolarga ilk xorijga chiqish pasportlari topshirildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga ilk xorijga chiqish  pasportlari topshirildi

Foto:Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish jarayonlari rivoji yuzasidan ham qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ushbu viloyatda ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish boshlandi.

Kecha Toshkent viloyatilik 64 nafar hamyurtimizga birinchilardan bo‘lib xorijga chiqish biometrik pasporti jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

— Shular qatorida yurtdoshlarimizga xorijga chiqish biometrik pasporti va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar ham berilmoqda, — deydi  Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurjov Meliqulov. — Ayni chog‘da hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarda bu borada tug‘ilayotgan savol va masalalarga tezkorlik bilan hamda sifatli javob qaytarish ustuvor vazifamizga aylangan. Bu yo‘nalishga eng malakali mutaxassislarimiz jalb etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring