Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi

Toshkent shahrida markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun yangilangan tariflar e’lon qilindi.
Unga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bazaviy tarifni QQSsiz 711 641 so‘m/Gkal (7 foizga oshadi) etib belgiladi.
Shuningdek:
- aholi uchun QQSsiz 139 860 so‘m/Gkal (15 foizga oshadi);
- budjet tashkilotlariga 952 797 so‘m/Gkal (18,8 foizga oshadi);
- boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 296 so‘m/Gkal (40 foizga oshadi) miqdorida narxlar (tariflar) qo‘llanilishi ma’qullandi.
Qayd etilishicha, yangilangan tariflar «Veolia Energy Tashkent» MChJ XKning Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hisobotiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Kengash qarorida yangi tariflarni joriy etish sanasi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter