Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mast haydovchi YPX xodimini urib, yana 3 ta mashina bilan to‘qnashdi

Toshkentda mast haydovchi YPX xodimini urib, yana 3 ta mashina bilan to‘qnashdi

Kadr: «Youtube»

Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida kecha, 4-mart kuni soat 20:30larda fuqaro T.D. mast holda «Neksiya» avtomashinasini haydab ketayotib, shu yerda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YXHB YPX katta inspektori, katta leytenant A.Po‘latovni urib yuborgan.

Bu ham yetmagandek, shu yerda harakatlanib ketayotgan «Malibu» va «Matiz» avtomashinalari bilan to‘qnashuv sodir etib, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Spark» rusumli avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada katta leytenant A.Po‘latovga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring