Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ovqatdan ommaviy zaxarlanish «Oqtepa lavash» bilan bog‘lanmoqda

Toshkentda ovqatdan ommaviy zaxarlanish «Oqtepa lavash» bilan bog‘lanmoqda

Foto: «Pasta.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi poytaxtimizda 2019 yilning 4 iyun kuni qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha «Xabar.uz»ga quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yil 4 iyun kuni soat 17-00 dan bugun 6 iyun soat 12-00 ga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 11 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda.

Shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Dori darmon zahiralari yetarli darajada.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uyda joylashgan, 4 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan «GRAND AZIA PLUS» MChJga qarashli «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shahobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’mol qilganliklari bilan bog‘lashmoqda.

«GRAND AZIA PLUS» MChJga qarashli «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shahobchasida qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish uchun O‘zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili nomiga Toshkent shahar DSENM tomonidan 2019 yil 6 iyundagi 07-11/4388-sonli ma’lumotnoma ko‘rib chiqish va xulosa olish uchun berildi.

Poytaxtimizda yuz bergan ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etildi. Vazirlik tomonidan yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyiga chiqib o‘rganilib, bemorlarga va mutaxassislarga o‘z vaqtida har jihatdan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring