Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda qimmatbaho avtomobillar yonib ketdi (video)

Toshkentda qimmatbaho avtomobillar yonib ketdi (video)

Foto: «Uznews.uz»

Kecha, 9-mart kuni soat taxminan 14:16da Toshkent shahar Yunusobod tumani «Otchopar1» mahallasi Amir Temur shohko‘chasi 6-uy orqasidagi «Bek Maftuna Malika» MChJga qarashli avtoturargoh hududida yong‘in chiqdi.

«UzNews.uz» nashrining xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida shu avtoturargohda turgan «Captiva» rusumli avtotrasnport vositasining motor va qisman salon qismiga zarar yetgan. Uning yonida turgan «Toyota Land Cruiser» avtomashinasi esa butunlay va moslashtirilgan tirkamali tashish vositasi butkul yong‘indan zarar ko‘rgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in soat 14:27da o‘chirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring