Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda rossiyalik jurnalist o‘lik holda topildi

Toshkentda rossiyalik jurnalist o‘lik holda topildi

Foto: TASS

Toshkentda 37 yoshli rossiyalik jurnalist, «Byulleten kinoprokatchika» jurnali muharriri Aleksandr Nechayev to‘satdan vafot etdi. Bu haqda jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari xabar berishdi.

O‘limga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.

Marhumning do‘sti, jurnalist Denis Korsakovning aytishicha, Nechayev bir-ikki oy Toshkentda istiqomat qilish uchun kelgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni Nechayev messenjerdagi xabarlar va qo‘ng‘iroqlarga javob berishni to‘xtatgan.

Shundan so‘ng, u yashayotgan xonadonni tekshirishga kelgan uy egasi va ichki ishlar xodimi eshikni ochib, marhumning jasadini topishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring