Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi yana bir tumanga yangi hokim qo‘yildi

Toshkentdagi yana bir tumanga yangi hokim qo‘yildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Atamuxamedov Shuhrat Maxamadnazimovich Toshkentning Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar tuman ma’muriyatini boshqargan Shavkatbek Ergashev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Shuhrat Atamuxamedov 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (1998) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2006) tamomlagan.

Tayinlovga qadar 2016-yildan «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari sho‘basining mudiri (2013-2016) bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Olmazor va Sergeli tumanlarida ham hokimlar o‘zgargan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring