Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning bir qismida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning bir qismida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: «Uztransgaz»

Toshkent shahar hududiy gaz ta’minoti tarmoqlari bo‘limi tomonidan D-76 mm hajmga ega o‘rta bosimli gaz quvurini ko‘taruvchi vosita almashtirilishi munosabati bilan 8-aprel kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Shayxontohur tumanidagi ayrim ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aholi turar joylari:

Paxtachi, Saraosiyo va S.Obidov ko‘chalaridagi 400 ta xonadonda.

Maishiy-kommunal ob’yektlar:

— «Huvaydo mebel» sexida;

— «Hasan doktor» klinikasida;

— «Keramzika» firmasida;

— №1 Choyxonada;

— 2 ta novvoyxonada;

Keltirilayotgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz, deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring