Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning «jinoiy avtoritet»ligiga da’vo qilgan Abbos Xo‘jayev ishi sudda ko‘rilmoqda

Toshkentning «jinoiy avtoritet»ligiga da’vo qilgan Abbos Xo‘jayev ishi sudda ko‘rilmoqda

Abbos Xo‘jayev Toshkentning «jinoiy avtoritet»ligiga da’vo qilgani aytilmoqda.

Foto: «UzNews.uz»

Kriminal olamda mashhur bo‘lgan Abbos Xo‘jayev ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida ko‘rilmoqda. Bu haqda «UzNews.uz» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Abbos Xo‘jayev 2017-yilning 13-sentyabr kuni soat taxminan 17:00 da ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida xabar berilgan. U giyohvand moddalar saqlashda gumonlanib qo‘lga olingani aytilmoqda.

«UzNews.uz»ning ma’lum qilishicha, Abbos Xo‘jayev ayblanuvchi sifatida ishtirok qilayotgan sud jarayonining navbatdagi majlisi mart oyining so‘nggi kunlariga belgilangan. Ayni paytda sud-tergov jarayoni doirasida himoyachi hamda guvohlarning fikrlari tinglanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring