Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

21-mart kuni Toshkentning qaysi hududlarida bayram sayillari tashkil etiladi? Ro‘yxat bilan tanishing!

21-mart kuni Toshkentning qaysi hududlarida bayram sayillari tashkil etiladi? Ro‘yxat bilan tanishing!

Foto: O‘zA

Toshkent shahrining 21 ta hududidagi markaziy maydonlarda «Navro‘z» umumxalq bayrami munosabati bilan sayillar tashkil etilmoqda. Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarning ro‘yxatini taqdim etildi. Tadbirlar 21-mart kuni soat 10:00 da boshlanib 18:00 ga qadar davom etadi.

Shahar asosiy sahnasi: «O‘zekspomarkaz» hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;

Bektemir tumanida: «Quyoshcha nuri» bog‘i;

Mirobod tumanida: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda «Temiryo‘lchilar» madaniyat saroyi;

Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Foto: «Micesolutions.uz»

Mirzo Ulug‘bek tumanida: «Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Bobur nomidagi eko bog‘;

Sergeli tumanida: «Yoshlar» bog‘i hamda «Grin Park» (sobiq «Sohil» bog‘i);

Uchtepa tumanida: «Eko» bog‘i hamda «Bog‘i shamol» madaniyat va istirohat bog‘i;

Olmazor tumanida: Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda Talabalar shaharchasi;

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Foto: O‘zA

Chilonzor tumanida: G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda «Akva» bog‘i;

Shayxontohur tumanida: «Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘i, «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i, Ibn Sino nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydon;

Yakkasaroy tumanida: «Do‘stlik» madaniyat va istirohat bog‘i;

Yashnobod tumanida: «Ashxobod» sayilgohi hamda «Do‘stlik» bog‘i.

«Ashxobod» sayilgohi
Foto: «Uz24.uz»

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Navro‘z bayrami 2017 yildan buyon umumxalq sayillari shaklida o‘tkazilib kelmoqda. «2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident qarorida ham barcha shahar va qishloqlarda Navro‘zning tarixi, mazmuni va falsafasini, ushbu bayramni o‘tkazish bilan bog‘liq urf-odatlar, qadriyat va an’analarning mohiyati va ahamiyatini o‘zida mujassam etgan ommaviy sayillar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan sayillarga folklor-etnografik guruhlari va ansambllarni, taniqli san’atkorlar, havaskor xonanda va sozandalar, baxshilar, askiyachi va qiziqchilar, dorbozlarni, yosh ijrochilarni keng jalb etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring