Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir qator yo‘nalishlarga yangi avtobuslar qo‘yildi

Toshkentda bir qator yo‘nalishlarga yangi avtobuslar qo‘yildi

Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati

«Toshshahartransxizmat» AJga qarashli avtobus saroylari tasarrufidagi yo‘nalishlarga yangi avtobuslarni biriktirish, harakat tarkibini yangilashda avvalo yo‘lovchilar oqimi, transportga bo‘lgan talab hisobga olinmoqda.

So‘nggi keltirilgan katta sig‘imli «MAN» rusumli avtobuslarning yana 5 tasi 93-«Qo‘yliq-1 mavzesi – Yunusobod 9 mavze» yo‘nalishiga qo‘yildi. 14 harakat jadvali bilan yo‘nalish avtobus bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar qariyb 80 foizga yangilandi.

«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmatiga ko‘ra, 67-«Yunusobod 19-mavze – Xalqaro aeroport» yo‘nalishiga eski «Isuzu» rusumli avtobuslar o‘rniga 8ta jadval asosida o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar biriktirilgan.

Avtobuslar bugun - apreldan yo‘lovchilarga xizmat qila boshladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring