Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘y va marosimlar o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olinadi

To‘y va marosimlar o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olinadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 589-sonli qaroriga muvofiq, “Oqilona iste’mol” (Save Food) dasturi doirasida to‘ylar, marosimlar va oilaviy tadbirlar belgilangan tartib asosida nazoratga olinadi.

2026–2030 yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilindi. Bu davrda ortiqcha isrofning oldini olish, aholiga yetarli va sifatli oziq-ovqat yetkazib berish choralari amalga oshiriladi.

Qarorga asosan, to‘y va marosimlar:

  • 2019 yilda tasdiqlangan nizom asosida o‘tkaziladi;
  • Oilaviy tadbirlarda — 200 nafargacha;
  • Osh marosimida — 250 nafargacha mehmon qatnashishi mumkin;
  • Qo‘shaloq to‘ylar va xasharlarda — 250–300 nafargacha.

Milliy an’analarimizga to‘g‘ri kelmaydigan, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan urf-odatlar va shou tadbirlar taqiqlanadi. Jumladan: “Kuyov navkari”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va boshqalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring