Tramp 80 yoshga kirdi. Yubiley munosabati bilan Oq uyda oktagon qurilyapti
14 iyun kuni Oq uyning janubiy maydonida UFC Freedom Fights 250 turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni AQShda Bayroq kuni nishonlanadi va Donald Tramp 80 yoshga to‘ladi.
Tadbir uchun Oq uy oldida 4000 o‘rinli maxsus UFC arenasi va sakkiz burchakli oktagon qurilmoqda.
Kechaning asosiy jangi yengil vazn chempioni Iliya Topuriya va vaqtinchalik chempion Jastin Geydji o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Jami beshta jang tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Trampning ma’lum qilishicha, barcha chiptalar bepul bo‘ladi. Shuningdek, Oq uy janubidagi Ellipse bog‘ida 75–100 ming nafar tomoshabin uchun katta ekranlarda jonli translyasiya namoyish etiladi.
Turnir Paramount+ telekanali orqali ham efirga uzatiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter